«Real» Yaponiya milliy jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi Takefusa Kubo transferini e’lon qildi.
O‘tgan hafta 18 yoshga to‘lgan futbolchi «Tokio» klubidan sotib olingan. U kelasi mavsumdan «blankos»ning o‘rinbosarlar jamoasi «Kastilya»da o‘ynay boshlaydi.
Marca`ning yozishicha, xarid qiymati 2 mln yevroni tashkil etgan. Kubo bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.
???????????? Takefusa Kubo is a new @realmadrid player! He joins Castilla from next season. Welcome to the club, Takefusa! #HalaMadrid | #LaFabrica https://t.co/lIuJXksldA
— Real Madrid C.F. ???????????????? (@realmadriden) June 14, 2019
Takefusa Kubo 2011-2015 yillarda «Barselona» akademiyasida tarbiyalangan. U Kataloniyadagi ilk to‘liq mavsumida 11 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi chempionatda 30ta o‘yin o‘tkazib, 74ta gol urgani bilan og‘izga tushgandi.
Ammo «Barsa» yoshlar jamoasi bilan bir qator turnirlarda g‘olib chiqqan Kuboga klub bilan professional shartnoma imzolash nasib etmagan. «Ko‘k-anorranglilar» FIFA tomonidan yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolash qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgach, u asosiy jamoada o‘ynashi mumkin bo‘lmay qolgan va 2015 yilda vataniga qaytib, poytaxtda «Tokio» klubi yoshlar jamoasida o‘ynay boshlagan.
Takefusaga «PSJ» ham qiziqish bildirib kelayotgan edi.
«Yangi Messi» deya nom qozongan Kubo Yaponiya milliy jamoasi bilan bugun Braziliyada boshlanadigan Kopa Amerikada qatnashadi. Yaponiyaning turli yoshdagi termalarida ham to‘p tepgan Kubo 9 iyun kuni Salvadorga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida milliy jamoadagi debyutini o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?