
“Qo‘qon-1912” jamoasi bugun o‘z maydonida ushbu mavsumdagi ilk o‘yinini o‘tkazadi.
Superligasining 11-turidan o‘rin olgan bahsda Qo‘qonliklar Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qilishadi. Mazkur uchrashuv oldidan “Shunqorlar”ning yetakchilaridan biri Marko Milich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– “Paxtakor” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin barchaning kayfiyati a’lo darajada. Bugungi bahsda ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Bu o‘yin biz uchun Chempionlar ligasi finali bilan teng desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Qo‘qonda mavsumdagi birinchi uchrashuvimizni o‘tkazamiz. Bugun Qo‘qonda katta futbol bayrami bo‘ladi. Ishqibozlarimizni xursand qilish uchun maydonda borimizni berishga tayyormiz. O‘z navbatida bugungi bahsda muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari ham biz uchun juda zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar