Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi vitse-prezidentlar saylandi

Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi vitse-prezidentlar saylandi
14 iyun, juma kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida tashkilotning navbatdan tashqari XXXV Bosh Assambleyasi o‘tkazildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

MOQ vitse-prezidentlari Ahmadjon Rahimov hamda Komiljon Ro‘ziyev o‘z xohishlariga ko‘ra yozgan arizasi asosida lavozimidan ozod etildi va ularning o‘rniga yangi nomzodlar saylandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi vitse-prezidentlar saylandi
Mazkur lavozimlarga O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi sifatida ishlab kelgan Aziz Komilov hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan Saken Po‘latov saylandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar