Krishtianu Ronaldu dunyoning eng qimmatbaho futbolchilari uchligida qayd etilmadi

CIES futbol tadqiqotlari markazi Evropaning kuchli besh ligasidagi futbolchilarning taxminiy narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Markaz talqiniga ko‘ra, jahonning eng qimmatbaho futbolchisi deb "Barselona" hujumchisi Lionel Messi topildi. Uning transfer narxi 250,7 mln evroga baholandi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda "Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Neymar (152,7 mln dollar) hamda "Chelsi"ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar (130,5 mln evro) qayd etilgan.
"Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu esa 114 mln evroga baholangan va u to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.
Bunday ro‘yxat yiliga 2 marta chop etiladi.
Eng qimmat futbolchilar o‘nligi:
1. Lionel Messi («Barselona») — € 250,7 mln
2. Neymar («Barselona») — € 152,7 mln
3. Eden Azar («Chelsi») — € 130,5 mln
4. Krishtianu Ronaldu («Real») — € 114 mln
5. Garri Keyn («Tottenxem») — € 91,3 mln
6. Raxim Sterling («Manchester Siti») — € 89,8 mln
7. Antuan Grizmann («Atletiko») — € 88,3 mln
8. Luis Suares («Barselona») — € 86,3 mln
9. Serxio Aguero («Manchester Siti») — € 82,1 mln
10. Aleksis Sanches («Arsenal») — € 81,9 mln. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing