1992 yil 7 mart kuni Manuel Yanser Germaniyaning Alen shahrida tug‘ilgan. 178 sm bo‘yga ega, yarim himoyachi, Germaniya fuqarosi va hozirda Germaniya uchinchi divizionida ishtirok etuvchi "Ayntraxt" (Braunshveyg) klubi a’zosi.
Yanserning otasi tomondan kelib chiqishi o‘zbekistonlik ekanligini aytib o‘tgan. U 2007 yildan 2010 yilgacha Germaniyaning o‘smirlar terma jamoalarida o‘ynagan (U-16), (U-17), (U-18). Ushbu terma jamoadagi faoliyati davomida Yanser, 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgan. 2009 yili 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida g‘oliblikka erishgan va turnirning guruh bosqichida Gollandiya darvozasini ishg‘ol etgan.
Faoliyatini "Oberkoxen" yoshlar jamoasida boshlagan. 2010-2011 yilgi mavsumlarda "Shtutgart" yoshlari tarkibida o‘ynagan. 2011 yildan 2014 yilgacha "Shtutgart-2" klubi asosiy tarkibida maydonga tushgan va 94 ta uchrashuvda qatnashib 15 ta gol urgan. 2014-2015 yillarda "Xaydenxaym" jamoasida 10 ta bahsni o‘tqazdi. 2015 yildan 2018 yilgacha "Xolshtayn" klubi a’zosi sifatida 38 ta o‘yinda o‘ynab, 7 ta gol urgan. 2018 yildan boshlab "Ayntraxt" (Braunshveyg) tarkibida o‘ynab kelmoqda.
Ektor Kuper matbuot anjumanlarining birida Germaniya 3 divizionidagi futbolchimizni kuzatayotganligini ta’kidlab o‘tgan edi. Ajab emas, Yanser termamiz safida paydo bo‘lsa.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi