Milliy jamoamizning oxirgi o‘rtoqlik o‘yinlaridan qanday taassurot qoldi? Yaxshi, chidasa bo‘ladi. Quvontiradigan jihatlar bor, lekin tashvishga soladiganlari ham.
Misol uchun, hujumda Maksim Shatskix va Aleksandr Geynrix o‘rnini bosadigan goleador ko‘zga tashlanmoqda, nihoyat. OK-2019da katta umid uyg‘otgan Eldor Shomurodovni nazarda tutyapman. Ko‘z tegmasin, uning harakatlari juda yaxshi. Dilni xira qiladigan tomoni esa, o‘yinni o‘z yelkasiga oladigan chin yetakchi ko‘rinmayapti.
Ha, Odil Ahmedov bor, lekin qanchalik og‘ir bo‘lmasin, tan olish kerak, u endi markazda oldingidek butun jamoani olg‘a boshlaydigan darajada emas. Aniqroq ifoda etsam, Odil endilikda jamoani harakatga keltiruvchi motor vazifasini bajarolmasa kerak. Shaxsiy fikrimcha, Ektor Kuper oldidagi asosiy masala aynan shu - maydon markazi uchun munosib yetakchi topish. Odil Ahmedovga kelsak, uni shunchaki, orqaroqqa surish maqsadga muvofiq.
Zero, bu yigit termamizga hali ko‘p naf berishga qodir, faqat endi himoyada. Germaniyalik Lotar Matteus yodingizdami? Menimcha, Odil uchun «O‘zbekiston Matteusi» bo‘lish vaqti kelyapti...
Yunusxon ASQAROV, Kosonsoy shahri.
Manba: interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi