Biz bugun ukrainalik eng zo‘r bokschilarni tarbiyalagan murabbiy haqida hikoya qilmoqchimiz.
Katta Lomachenko sening burchagingdami? Bu deyarli g‘alaba degani. U doimo natija ko‘rsatadi. "Bizga Xudo va Anatoliy Lomachenko yordam beradi". Aleksandr Usikning ushbu iqtibosida katta ma’no bor.
Vasiliy Lomachenko - otaning loyihasi
«Men qachon birinchi marta boks zaliga kelganimni eslolmayman, lekin qachon birinchi marta qo‘limga qo‘lqop kiyganimni bilaman, o‘shanda men endigina uch kunlik chaqaloq bo‘lganman. Mening otam-geymer, men esa o‘yinman. U meni o‘ynaydi»-degan edi Vasiliy Lomachenko o‘zining otasi haqida.
Katta-Lomachenko boksni juda sevadi. Anatoliy Lomachenko dastlab boksni o‘zini himoya qilish vositasi sifatida ko‘rgan. U boks saboqlarini o‘rganish uchun nafaqat amaliy mashg‘ulotlar, balki nazariy darsliklarni ham ko‘p o‘qigan. Lomachenkoning yagona maqsadi boks to‘garagini ochish edi. U ushbu orzusiga yetadi. Lekin, boks to‘garagini ochishi ham juda qiyin kechadi. Chunki, shahar hokimiyati tomonidan unga bo‘sh joy berilmaydi. Bunga sabab sifatida, kichik shaharchada boks to‘garagi ochilsa, ko‘plab yoshlar boshqa sport turlariga bormasdan, aynan boksga borishadi, bu esa qolgan sport turlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblangan. Shunday bo‘lsada, Anatoliy maqsadiga erishadi. U maktab yerto‘lasida to‘garak ochishga erishadi, bir haftadan so‘ng esa uning shogirdlari 40 nafarga yetadi.
Vasiliy Lomachenko uch yoshidan boshlab otasi bilan mashg‘ulot olib boradi. Uning havaskor boksdagi debyut jangi 6 yoshida bo‘ladi va o‘zidan ancha katta raqibini mag‘lub etishni uddaylaydi. Katta-Lomachenko o‘z ishini ajoyib tarzda olib bordi. Vasiliy o‘smir yoshida barcha musobaqalarda zafar quchdi. Kattalar o‘rtasida yetti marta Ukraina chempioni bo‘ldi, ikki martadan Jahon va Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi - bularning barchasi havaskor boksdagi natijalar. Vasiliy professional boksda ham juda tez mashhurlikka erishdi. Uchinchi jangidayoq, chempionlik kamari uchun jang qildi hamda chempion bo‘ldi. O‘tgan yili ko‘plab boks nashrlari tomonidan «Yil bokschisi» bo‘ldi. Hozirgi vaqtda vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli bokschilar reytingida birinchi o‘rnini egallab turibdi.
Mashg‘ulotlarning mukammal uslubi
Anatoliy Lomachenko shogirdlarini mashg‘ulotlarda har tomonlama kuchli qilishga alohida e’tibor beradi.
- Uning yagona o‘quv uslubi yo‘q. Har bir bokschi uchun alohida mashg‘ulot olib boradi. Anatoliy shogirdlarini nafaqat kuchli tomonlarini rivojlantiradi, balki kuchsiz tomonlarini ham yo‘qotishga yordamlashadi.
- Anatoliy Nikolayevich shogirdlarini nafaqat jismonan kuchli, balki aqliy salohiyatini ham o‘stirishga harakat qiladi.
- Mashg‘ulotlarda boks saboqlaridan tashqari boshqa sport turlaridan ham uslublar qo‘llaniladi. Hattoki, raqsdan ham.
- Mashg‘ulotlarning ko‘p vaqtini psixologiyaga qaratadi.
Anatoliy Lomachenko shogirdlarini faqatgina yugurtirish, sakratish bilan mashg‘ulot vaqtini o‘tkazishni istamaydi. U barcha narsalarni qo‘llashga harakat qiladi. Misol uchun, Anatoliyning shogirdlari albatta milliy raqs tushishni bilishadi, sababi ukrain milliy raqsi bokschining oyoqlariga katta kuch beradi.
Lomachenkoning mashg‘ulotidagi dastlabki saboqlari qanday qilib kuchli zarba berishni o‘rgatish emas, balki qanday qilib boshni ishlatish bo‘ladi. Anatoliyning fikricha, bokschning miyasi doim ishlashi kerak.
Ukraina boks terma jamoasining olimpiadadagi zafari
XXI asr ikkinchi o‘n yilligining boshida Ukrainda havaskor boksi butun dunyoga mashhur bo‘lib ketadi. 2011 yilda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ukrainaliklar to‘rtta oltin medalga sazovor bo‘lishgan. Bir yil o‘tib, olimpiya o‘yinlarida esa, ikkita oltin, bitta kumush, ikkita bronza medalga egalik qilishgan. Londondagi olimpiadada Lomachenko Ukraina termasining bosh murabbiyi bo‘lmagan bo‘lsada, muvaffaqiyatning bosh bog‘boni aynan Anatoliy bo‘lgan. «Bu kuchli tarkibni Vasiliyning otasi qurdi. Bu jamoani noldan olib chiqdi. Rasman bizning bosh murabbiy Dmitriy Sosnovskiy bo‘lgan, lekin barcha biladi - aslida bu jamoani Anatoliy Lomachenko yaratgan», - deb intervyu bergan Aleksandr Gvozdik.
Keyinchalik, bu tarkib yarim professional boks musobaqasi - World Series Boxing’da ikkinchi o‘rinni egalaydi. Bu musobaqadan so‘ng, tarkibining deyarli barcha a’zolari professional boksga o‘tib ketishadi. Profiga o‘tgan bokschilarning hozirgi ahvoli qanday ekanligi sizga ma’lum, barchasi chempion.
Matbuotda kamnamo Anatoliy Lomachenko
Anatoliy Lomachenko ommani o‘ziga qaratishni yoqtirmaydi, u kamdan-kam hollarda jurnalistlarga intervyu beradi. Unga hech qanday maqtovlar kerak emas, shunchaki o‘zini ishini bajaradi xolos. Shuningdek, katta-Lomachenko pulni ham unchalik yoqtirmasligini ma’lum qilgan. O‘tgan yili Aleksandr Usik birinchi og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo‘ldi. U har bir intervyusida bu g‘alabaga sababchi inson sifatida Vasiliy Lomachenkoning otasini aytdi.
Lekin, yaqinda Anatoliy Usikka ko‘rsatgan xizmatlari uchun bir sent ham olmaganini ma’lum bo‘ladi. Murabbiyning o‘zi bu haqida:«Men bu yerda pul uchun emas, boks uchun yuribman»,-deb intervyu bergandi. Ota-bola bir. Vasiliy otasi uchun borini bergan. Uning janglardan oladigan barcha gonararlari otasiniki. Vasiliy ham farzandlarini huddi otasi uni tarbiyalagandek tarbiyalamoqda. Bir necha yil avval, chempionning farzandi otasidan unga «iPhone» sotib olib berishini so‘ragandi.
O‘shanda Vasiliy o‘g‘liga u bilan har kuni 20 km yugursa, olib berishini aytadi. O‘shanda kichkina-Lomachenko otasi bilan har kunlik yugurishni amalga oshiradi hamda «iPhone»ga ega bo‘ladi. Keyinchalik, Vasiliy nega bunday qilganini aytib beradi. Uning fikricha, agar o‘g‘li qiyinchilik ko‘rmasdan barcha narsaga osonlik bilan erishaversa - kelajakda haqiqiy erkak bo‘lib yetishmas ekan.
Eng kichik Lomachenko hozircha boksda endi-endi ilk qadamlarini tashlamoqda. Ammo, Vasiliyning bir narsaga ishonchi komil: “Agar o‘g‘lim qachondir boksni o‘rgatishimni iltimos qilsa, uni darhol bobosining oldiga olib boraman”.
Xorijiy saytlar asosida Nig‘monxo‘ja Nozimov tayyorladi
Manba: olamsport.com “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi