date

Messi beshinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi

Messi beshinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi

FIFAning yillik taqdimot marosimi yakuniga etdi. Marosim so‘nggida "Oltin to‘p" sohibi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz sayti malum qildi.

Bu sovringa Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Neymar da’vogarlik qilgandi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida Kataloniyaning "Barselona" klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

FIFA hamda France Football jurnali o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashgan murabbiylar, terma jamoa sardorlari hamda jurnalistlarning ko‘pchilik qismi Lionel Messiga ovoz berishgani ma’lum bo‘ldi.

G‘olibga "Oltin to‘p"ni afsonaviy futbolchi Kaka topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi bunga qadar 2009, 2010, 2011, 2012 yillarda jahonda tengsiz futbolchi deb topilgan edi. Endi u besh marta "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi beshinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi