«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl xizmatiga Xitoy klublari qiziqish bildirmoqda.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, nomi oshkor qilinmagan klub uelslik futbolchiga haftasiga 1,3 million yevro (yoki yiliga 68 million yevro) taklif qilgan.
Bunda xitoyliklar Beylni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni xohlagan. Ammo «Real» futbolchini bepul qo‘yib yuborishni istamagan va transfer amalga oshmay qolgan.
Beyl «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalaridan o‘rin olmagan. Klub uni sotishga yoki ijaraga berib yuborishga urinmoqda. Ammo futbolchi Madridni tark etishni istamayapti.
O‘tgan mavsumda Beyl Primera doirasida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?