21:50 / 13.07.2019
2 622

Universiada—2019. O‘zbekistonlik tennischilar oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Universiada—2019. O‘zbekistonlik tennischilar oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy sayti
Italiyaning Neapol shahri mezbonlik qilayotgan Universiada—2019 musobaqasida o‘zbekistonlik tennischilar oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmat ma’lum qildi.

O‘zbekiston vakillari final bahsida koreyalik tennischilarga qarshi kortga chiqdi. O‘yinining birinchi setida 7-6 hisobida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi setda 604 hisobida koreyaliklar ustunlik qildi. Tay-breykda (qo‘shimcha geym) 10-5 hisobida zafar quchgan Shuhrat Qayumov shogirdlari oltin medalga egalik qildi.

Ma’lumot uchun, final uchrashuvida ishtirok etgan Sanjar Fayziyev O‘zbekistoning uchinchi, Humoyun Sultonov esa beshinchi raketkachisi hisoblanadi. Jahon reytingida ular mos ravishda 310- va 380-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni erkaklar o‘rtasida o‘rtasida o‘tkazilgan yakkalik bahslarini yarim final o‘yinida ham g‘alaba qozongan Humoyun Sultonov 13 iyul kuni finalda Xitoy Taypeyi vakili Seng Chun-Xsinga qarshi kortga tushadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Universiada—2019. O‘zbekistonlik tennischilar oltin medalni qo‘lga kiritishdi