Foto: «Buxoro» matbuot xizmati
«Buxoro» o‘z jamoasiga 2 nafar legioner futbolchini qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda kanadalik himoyachi Milovan Kapor hamda tojikistonlik yarim himoyachi Fathullo Fathulloyev buxoroliklar sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Milovan 2018-2019 yillar mobaynida Belarusning «Gomel» klubida to‘p surdi va umumiy hisobda 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fathullo esa 2008 yildan 2019 yilgacha Tojikistonning kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan Dushanbening «Istiqlol» klubi safida o‘ynadi.
Qayd etish joiz, «Buxoro» Superliga 2-davra boshlanishi oldidan 12 iyuldan 25 iyulga qadar Toshkentda o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi. Rejaga ko‘ra, o‘quv yig‘in mashg‘ulot davomida Buxoro klubi 16 iyul kuni «Lokomotiv», 18 iyulda OKMK va 20 iyul kuni esa «Qizilqum» jamoalariga qarshi bahs olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?