
Foto: Google Images
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar Tursunov Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubini tark etdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Sanjar 2018 yilning yozida «Tejon Sitizen» tarkibiga kelib qo‘shilgandi va klub tarkibida 27 o‘yinda maydonga tushdi va 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sanjar bunga qadar 2017-2018 yillar mobaynida Qatarning «Al-Xaritiyat» klubi sharafini himoya qildi.
Ma’lumot uchun, «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Sanjar Tursunov 2010 yilning 25 dekabrida O‘zbekiston terma jamoasi safida Bahraynga qarshi debyut o‘yinini o‘tkazgan. 2011 yil 15 noyabrda esa u Tojikiston darvozasiga terma jamoa tarkibidagi ilk golini urgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar