Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘FA rasmiy saytiga qur’a haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Qur’a qanday jamoalarni taqdim etishini oldindan tahmin qilib bo‘lmaydi. Shu sababdan har qanday raqib bilan to‘qnash kelishga tayyor turish lozim bo‘ladi. Jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichi qur’asi bizga taqdim etgan raqiblarning barchasi o‘ziga yarasha kuchli jihatlarga ega ekanini ta’kidlay olaman. Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi. Guruhimizdan o‘rin olgan har bir raqibni hurmat qilgan holda uchrashuvlarga hozirlik ko‘ramiz. O‘zbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda mazmunli o‘yin namoyish etib, yakunda kelasi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi, - dedi mutaxassis.
Manba: ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?