Kecha Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan "Prezident kubogi" musobaqasida yarim final janglari tashkil etildi.
Unda 6 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi (Mirzahalilov jang o‘tkazmadi) va afsuski, hech bir sportchimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
-52 vaznli Foziljon Abdumurodov yarim finalda mezbonlar vakili Saken Bibosinovga, Fazliddin Meliboyev (-69 kg) Ablayxan Jusupovga, -75 kg vaznli bokschimiz Rajabboy Atanazarov Tursunbay Qulaxmetga, 75 kg vazn toifasidagi yana bir bokschimiz Odiljon Aslanov esa yarim finalda rossiyalik Vadim Tukovga, Akmalbek Qosimov (-81 kg) qozog‘istonlik Yerik Aljanovga, mazkur vazndagi yana bir hamyurtimiz Kozim Mardonov esa yarim finalda mezbonlar vakili Bekzat Nurdauletovga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi.
-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzahalilovga terma jamoamiz bosh murabbiylari dam olish imkonini berishga qaror qilishdi. Qayd etish lozimki, Miraziz bu yil hisobidan ko‘plab janglarda ishtirok etdi. Hususan, "Prezident kubogi" turnirida ham ikkita qiyin jang o‘tkazdi. Shu sababli Mirzahalilov yarim finalda Ilyas Suleymanovga qarshi jangda ishtirok etmadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi