
Quvaytda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Bugun 8 avgust kuni musobaqa doirasida final janglari bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatlisi, 14 ta vazn toifasida o‘tkazilgan final janglarining 12 tasida o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarilishdi.
Kun to‘liq ravishda o‘zbek yigitlariga ataldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bahslarda ringga chiqqan 12 nafar bokschimizning 10 nafari raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Ikki nafar bokschimiz kumush, yana ikkisi bronza medaliga ega chiqdi, deya ma’lum qilmoqda boks federatsiyasi matbuot xizmati.
Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilarimiz:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farrux To‘laganov
-43 kg: Umidillo Abdurasulov
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-55 kg: Jahongir Narziyev
-61 kg: Mirzob Nekboyev
-64 kg: Shavkatjon Boltayev
Kumush medal egalari:
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-67 kg: Shahboz Hamidullayev
Bronza medal egalari:
-70 kg: Aynazar Kenesbayev
+70 kg: Husanboy Rihsiboyev
O‘zbek BokschilariOsiyo ChempionatiOltin MedalKumush MedalBronza MedalMusobaqa Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar