20:48 / 10.08.2019
3 190

«PSJ» Neymarning «Barselona»ga qaytish shartlarini ma’lum qildi

«PSJ» Neymarning «Barselona»ga qaytish shartlarini ma’lum qildi
«Barselona» yoz oxirigacha sobiq hujumchisi Neymarni qaytarishi mumkin.
Goal xabariga ko‘ra, parijlikilar 27 yoshli futbolchi uchun «Barselona»dan 50 million yevro va himoyachi Nelson Semedu bilan yarimhimoyachi Filippe Koutinoni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin «PSJ» Neymar uchun 222 million yevro to‘lagan edi.
Braziliyalik to‘purar uchun «Real» ham kurashmoqda. Ammo Neymarning o‘zi Kataloniyaga qaytmoqchi.

O‘tgan mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan va 13ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSJ» Neymarning «Barselona»ga qaytish shartlarini ma’lum qildi