
Joriy yilning 16 avgustida Rapid, Blits bo‘yicha III Jahon chempionati Belarussiyaning Minsk shahrida start oldi. 16-19 avgust kunlarida bo‘lib o‘tadigan musobaqada 8, 10 va 12 yoshli o‘g‘il-qizlar qatnashishmoqda.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan Olimova Rukiya, Xamdamova Afruza, Ozodbek va Otabek Oybekovlar dona surishmoqda. Olimova Ruqiya o‘tgan yili Minskda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida blits yo‘nalishida 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida kumush medal sohibasi, Hamdamova Afruza esa blits yo‘nalishida chempionlikni, rapidda esa ikkinchi o‘rinni olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi 8, 10, 12 yoshli o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Rapid, Blits bo‘yicha II Jahon chempionatida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush medallarni qo‘lga kiritib, 26 davlat orasida 1-urinni qo‘lga kiritgan edi.
O‘zbekiston ShaxmatMinsk JahonRapid BlitsO‘zbekiston TermaO‘zbekiston FederatsiyasiKumush Medal O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar