Avgust oyida, professional boks olamida o‘ziga xos ikki ajoyib to‘qnashuv bizni kutib turibdi. Albatta, ko‘plab reyting janglari ham bor. Lekin muxlislar diqqat e’tibori aynan shu ikki qarama-qarshilikka qaratilgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Birinchisi, 24 avgust kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahrida yarimog‘ir vazn toifasida ya’ni 79.4 kgda ringga ko‘tariluvchi, o‘z vaqtida yurtdoshimiz Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borgan, WBO chempioni Sergey Kovalyov hamda buyuk britaniyalik Entoni Yard o‘rtasida WBO kamari uchun kechadigan jang.
Ikkinchisi esa, ukrainalik Vasiliy Lomachenko hamda buyuk britaniyalik Lyuk Kempbell o‘rtasidagi WBC kamari uchun bo‘ladigan murosasiz baxs.
Biz bugun birinchi jangda bokschilarning imkoniyatlari qandayligi borasida biroz fikr yuritdik...
Ular haqida:
Mazkur qarama-qarshilikda rossiyalik bokschi chempion sifatida o‘z titulini himoya qilishi o‘z-o‘zidan ayon. Da’vogar, Entoni Yard ham bir nechta interkontinental kamarlar sohibi, profi ringda 18 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozona olgan. Qiziq jihati ularning o‘n yettitasida nokaut qayd etadi.
Demak, buyuk britaniyalik charmqo‘lqop ustasi ham yaxshigina “pancher” sanaladi. Sergey Kovalyov esa, 37 ta jang o‘tkazib, ularning 33 tasida g‘alaba qozongan. 3 bora mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, bir bora durang qayd etgan. Uning hisobida 28 ta nokaut bor.
Bu ham ajoyib natija! Aslida, Sergeyni kuchli tarafi ham shu “pancher”ligida. Odatda, bunday uslubda jang olib boruvchilarni boks tilida “bokschi-pancher” deb ataydilar. Bo‘ylar borasida deyarli tenglik qayd etilmoqda. Kovalyov 183 sm va raqibidan bir sm ga baland xolos.
G‘alaba qozonish uchun asosiy omil bo‘la oladigan jihatlar:
Sergey Kovalyov:
Rus bokschisiga o‘ziga xos motivatsiya beradigan omillar yetarlicha topiladi. Jumladan, u o‘z uyida ya’ni Rossiyada jang o‘tkazadi. Ayniqsa, o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahri Chelyabinskda bo‘lishi yanada unga kuch-quvvat bersa ajab emas.
Demak, mezbonlik faktori ham bor. O‘z uyingda bo‘lishi, muxlislik borasida ham ustunlik beradi. To‘g‘ri, bu jihat nisbiy hisoblansada, baribir kichik ustunlik sanaladi. Qolaversa, u chempion! Odatda, teng jang bo‘lsa, professional boksni o‘ziga xos yozilmagan qonuni mavjud. Hakamlar chempionga nisbatan ko‘proq xayrixox bo‘lishadi.
Eng asosiy ustunligi esa, shubhasiz undagi ulkan tajriba desak yanglishmagan bo‘lamiz. Sergey profi ringda raqibidan ikki barobar ko‘p jang o‘tkazgan. Ayniqsa, jahon professional boks olamidagi tirik afsonalar bilan murosasiz janglarda ishtirok etganligini ham barcha yaxshi biladi.
Bernard Xopkins, Andre Uord, Ismail Sillax, Jon Paskallar bunga misol bo‘la oladi. Kovalyovning yana bir ajoyib jihati uning matonatligida desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Chunki, unda juda og‘ir vaziyatlar bo‘ldi. Andre Uorddan ikki marotaba mag‘lubiyatga uchrashi, Elayder Alvaresdan nokaut qabul qilib olishi, uning boksni tark etishiga ham sabab bo‘layozdi.
Lekin u o‘zida kuch topa oldi. U qayta oldi. Aynan ushbu omillar uning g‘alaba qozonishi uchun imkoniyati yuqoridek taassurot uyg‘otmoqda. Lekin bu – professional boks! Bu sport turida esa, eng ko‘p sensatsiyalar bo‘ladi.
Entoni Yard:
Britan bokschisining asosiy quroli bu o‘ziga xos ishtiyoq bo‘ladi. Sababi, xali u faoliyatida Kovalyov kabi raqibga duch kelmagan. Qolaversa, bu jang xaqiqiy chempionlik kamari uchun kechadi.
Yosh borasidagi tafovut ham 8 yilni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, Entoni hozirda 28 yoshda Sergey esa 36 ni urib qo‘ydi. Bu degani tezlik, jismoniy xolat borasida ingliz bokschida biroz bo‘lsada ustunlik bor degani.
Ustiga ustak, Entonining gavda tuzilishiga ancha-muncha bodibildingchilar ham xavas qilsa arziydi. Bu jihatdan unda mukammalik bor. Ushbu omil esa, bokschi uchun juda ijobiy holat hisoblanadi. Bosim yo‘q deya olmaymiz. Chunki, bu chempionlik kamari uchun jang. Shunday bo‘lsada, rossiyalik charmqo‘lqop ustasiga nisbatan kamroq bo‘ladi.
Zarba kuchi borasida ikkisini bir-biridan ustun qo‘yish fikridan yiroqman. Chunki, har ikkisi yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz kabi “pancher” sanaladi. Xullas, Yardning mazkur jangdagi ustunlik jihatlari borasida shuni ayta olamiz.
Albatta, bu shaxsiy fikrlar edi xolos. Kim g‘alaba qozonadi. Qay biri mag‘lubiyatga uchraydi? Buni 24 avgust kuni Chelyabinskda “Traktor Sport Palace” da bo‘lib o‘tadigan jang ko‘rsatadi...
Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi