38 yoshli hujumchi Arits Aduris "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

38 yoshli hujumchi Arits Aduris "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
"Atletik" hujumchisi La Liga 1-tur doirasidagi "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
Maydonda atigi 6 daqiqa harakat qilgan 38 yoshli forvardning qaychi uslubidagi zarbasi "Atletik"ga 3 ochkoni taqdim etdi.

- Jamoa ajoyib o‘ynadi. Mavsumni "Barselona"ga qarshi o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritish bilan boshlab oldik. Menimcha, bundan yaxshisi bo‘lmaydi. Jamoaga yordam berganimdan mamnunman. Men doim "Atletik" uchun yordamga tayyorman, - deydi Aduris.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum "Atletik" afsonasi uchun so‘nggisi bo‘lib qoladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar