
Joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari oʻtkaziladi.
Ayni paytda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Otabek Gʻulomxoʻjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushmoqda.
Sentyabr oyida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Vakillarimiz 13-18-sentyabr oraligʻida Iordaniyada mashgʻulotlar olib borishadi. Mazkur oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2-marta bahs yuritilishi koʻzda tutilgan. Dastlabki uchrashuv 15-sentyabr kuni boʻlib oʻtsa, ikkinchi oʻrtoqlik oʻyini 17-sentyabr kuni oʻtkaziladi.
Manba: ufa.uz
OʻzbekistonU-19 Terma JamoasiIordaniyaSaralash BahslariYoshlar Terma JamoasiOʻrtoqlik Oʻyinlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar