date
views 2 989

Boks. Chechenistondagi turnir muvaffaqiyatli boshlandi

Boks. Chechenistondagi turnir muvaffaqiyatli boshlandi
Kecha Chechenistonning Grozniy shahrida boks bo‘yicha Respublika birinchi prezidenti Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir start oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishi lozim edi. Janglar yakuniga ko‘ra, barcha bokschimiz g‘alaba qozonib, ikkinchi davraga yo‘l olishdi.

-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Sabar Bishara (Isroil)
-64 kg: Elnur Abduraimov - Emir Basirov (Rossiya)
-81 kg: Kozimbek Mardonov - Rishat Bakirov (Rossiya)
-91 kg: Timur Ergashev - Vitold Lisek (Polsha)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov - Salax Mutsulxanov (Rossiya)

Bugun musobaqaning ikkinchi kun bahslari davom ettiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Chechenistondagi turnir muvaffaqiyatli boshlandi