
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida “Barselona”ga o‘tish imkoniyati bo‘lgani haqida gapirdi.
“Men Arsen Venger bilan uchrashganman va u bilan “Arsenal”ga o‘tish haqida gaplashganmiz. Shuningdek “Barselona” bilan ham muzokaralar o‘tkazganman va u ijobiy yakunlanishi mumkin edi. Menga shuningdek “Real” va “Inter”dan ham qiziqishlar bo‘lgan. Biroq, “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi va ular meni sotib olishdi”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli Ronaldu 2003 yil “Sporting”dan 19 mln yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar