20:48 / 31.08.2019
2 833

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz, yaxshisi boshqalar bizdan qo‘rqsin"

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz, yaxshisi boshqalar bizdan qo‘rqsin"
Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichida O‘zbekiston bilan bitta guruhdan joy olgan.
Ma’lumki, shu yilning iyul oyida Erve Renar Saudiya Arabistoni terma jamoasi yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. OFK rasmiy saytiga qisqacha intervyu bergan fransiyalik mutaxassis raqiblarini hurmat qilishini, biroq Saudiya Arabistoni terma jamoasining maqsadi guruhdan chiqish ekanini aytib o‘tdi.

- "Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiy etib tayinlanishim men uchun katta baxt. Bu mening Osiyoga ilk tashrifim va bu yerda ham Afrikadagi kabi zafar quchishni xohlayman. Men bir nechta uchrashuvlarni va futbolchilarni kuzatdim. Hozir biz uchun eng muhimi saralash o‘yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish".

- "Afrika va Osiyo jamoalari o‘rtasidagi farqni aytish birmuncha qiyin. Chunki har bir jamoaning alohida xarakteri bo‘ladi. Men Afrikada ishlab ko‘p jamoalarni o‘rgandim, lekin Osiyoda endi tanishaman. Qishda o‘tkazilgan Osiyo Kubogini kuzatishga muvaffaq bo‘ldim. Saudiya Arabistoni ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rib, shunga amin bo‘ldimki, bu jamoa yanada ko‘prog‘iga erisha oladi. Mana men nima uchun bu yerga kelganman".

- "To‘g‘risini aytsam, JCh saralash bosqichini ikkinchi yo uchinchi raundga bo‘layotganim yo‘q. Maqsadimiz bitta: yakunda jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rahbari bilan gaplashganimda oldimda bosh jamoani mundialga olib borish vazifasi turganini aytdi".

- "Men avvalambor futbolchilarga o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchni o‘rgatishim kerak. Bu esa murabbiy uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Sentyabr oyidan boshlanadigan saralash bahslari davomida futbolchilar kuchga to‘la va ishtiyoqqa boy holatda bo‘lishadi".

- "Men O‘zbekiston terma jamoasini bilaman, chunki Marokashni boshqargan paytim bu jamoaga qarshi o‘ynaganmiz. O‘shanda O‘zbekiston iliq taassurot qoldirgandi. Birinchi o‘yinni Yamanga qarshi o‘tkazamiz, start yaxshi bo‘lishi uchun bu jamoani mag‘lub etishimiz shart. Biz hech bir raqibdan qo‘rqmaymiz, o‘z kuchimizga ishonamiz. Yaxshisi boshqalar Saudiya Arabistonidan qo‘rqqani ma’qul", - deydi fransiyalik murabbiy.

Ma’lumot uchun, Erve Renar 2012 yil Zambiya va oradan uch yil o‘tib Kot-D'Ivuar terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz, yaxshisi boshqalar bizdan qo‘rqsin"