Angliya Premer ligasida 4-turning oxirgi o‘yini yakunlandi.
O‘z maydonida «Tottenhem»ni qabul qilgan «Arsenal» 2:2 hisobidagi irodali durang qayd etdi.
O‘yinning 10-daqiqasida Kristian Eriksen hisobni ochdi, 40-daqiqada Harri Keyn penaltidan unumli foydalanib, «Tottenhem»ning ustunligini mustahkamladi. Birinchi bo‘limd yakunida Lyakazett super gol urib hisobni qisqartirdi. 71-daqiqada esa Obameyang muvozanatni tikladi.
O‘yinning 80-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Sokratisa Papastatopulos urgan gol inobatga olinmadi, bu vaziyatda VAR gretsiyalik himoyachini to‘p bilan ta’minlagan Sead Kolashinats o‘yindan tashqari holatda qolgan deb topdi.
Bu natijadan keyin Unai Emeri shogirdlari 7 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda joylashgan, «Tottenhem» 5 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
APL. 4-tur
Arsenal – Tottenhem 2:2
Gollar: Lyakazett (45), Obameyang (71) - Eriksen (10), Keyn (40, penalti).
Arsenal: Leno, Kolashinats, Papastatopulos, David Luiz, Meytlend-Naylz, Torreyra (Sebalos, 63), Genduzi, Chaka, Pepe, Lyakazett (Mxitaryan, 67), Obameyang.
Tottenhem: Loris, Rouz, Alderveyreld, Sanches, Vertongen, Eriksen, Uinks, Sissoko, Lamela (Alli, 60), Son Xыn Min (Lo Chelso, 79), Keyn.
Ogohlantirishlar: Rouz (28), Lamela (32), Eriksen (57), Lyakazett (63), Uinks (74), Sanches (78), Papastatopulos (87), Chaka (90). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi