
Joriy yoz futbol olamida ko‘plab kutilgan va kutilmagan transferlar amalga oshirildi. Aytish kerakki, bugun 2 sentyabr kuni Yevropaning aksariyat kuchli chempionatlarida yozgi transferlar oynasi rasman yopiladi.
Yana ham aniqroq qilib aytsak, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya va Rossiya klublariga 2019/20 yilgi mavsumda foydalanadigan yangi futbolchilar sotib olish uchun bugun so‘nggi kun bo‘ladi.
Birinchi bo‘lib Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Bundesliga, oradan 2 soat o‘tib, ya’ni 23:00da esa A Seriyaning transfer eshiklari yopiladi. Liga 1 va La Liga tunggi soat 03:00gacha faoliyat olib boradi. Rossiya premer-ligasida esa soat 02:00dan boshlab yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar