
Joriy yilning 29 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida professional boks bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur boks oqshomidan jami 7 ta jang o‘rin olgan bo‘lib, markaziy jang Fazliddin G‘oibnazarov va indoneziyalik Rivo Kundimang o‘rtasida o‘tadi. Ushbu jang 10 raund etib belgilandi.
Ma’lumot uchun: Fazliddin ayni kunlarda Toshkentda murabbiyi Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazyapti. U professional boksdagi faoliyati davomida 8 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bahslarning 7 tasida zafar quchgan. To‘rtta jangda raqiblarini muddatidan avval ringga qulatgan. Afsuski, so‘nggi jangida Maykl Foksga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
22 yoshli Rivo esa professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, to‘qqiztasida g‘alaba qozongan, Bitta jangda durang natija qayd etgan.
Fazliddin G‘oibnazarovRivo KundimangProfessional BoksToshkent ShahriO‘zbekiston SportiJang O‘tkazishMarkaziy Jang O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing