Sal avval yakuniga yetgan Falastin - O‘zbekiston bahsidan so‘ng matbuot anjumani tashkil etildi.
O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralash bosqichidagi ilk uchrashuvni 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘yindan keyingi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Men juda g‘azabdaman. Futbolchilardan bunday o‘yin kutmagandim. O‘tkazib yuborilgan birinchi golga qadar yaxshi o‘ynayotgandik. Lekin birinchi goldan keyin hammasi o‘zgarib ketdi. Futbolchilar o‘yinga e’tiborni yo‘qotib qo‘yishdi. Himoyada xatolar yuzaga keldi. Vaziyatni o‘zgartirish uchun zaxiradan futbolchilar o‘yinga qo‘shildi, ikkinchi hujumchini maydonga tushirdik. Lekin bu ham yordam bermadi. Shuni aytishim kerak, saralash bosqichi endi boshlandi va birinchi o‘yindan keyinoq yakuniy xulosani berish qiyin. Hali oldinda o‘yinlar ko‘p va vaziyatni o‘nglay olamiz.
- Bugun juda bir alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Osiyo Kubogida Turkmanistonga qarshi bahsni hisobga olmaganda terma jamoamiz qachon chiroyli o‘yin ko‘rsatganini eslash qiyin. O‘zbekiston terma jamoasi uchun hammasi kech bo‘lmasidan iste’foga chiqish payti kelmadimi?
- Siz birinchi o‘yindan keyinoq iste’fo so‘rayapsizmi? Men buni normal holat deb hisoblamayman. Chunki biz endi saralashda birinchi o‘yinni o‘tkazdik. Hech qayerda dastlabki mag‘lubiyatdan keyinoq murabbiy ishdan bo‘shatilmaydi.
- Falastin terma jamoasi ko‘rsatgan o‘yin haqida deya olasiz? Bizning terma jamoa qanchalik uzoqqa bora oladi?
- Avvalo Falastin terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoangiz bugun haqiqatan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Lekin men darhol bu jamoa haqida tayinli gap aytmagan bo‘lardim, chunki oldinda o‘yinlar ko‘p va vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin. Keyingi bosqichga chiqish uchun har ikki jamoada imkoniyat bor.
- Jamoangiz bugun jiddiy mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Lekin oldinda hali Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinlar bor. Falastindan ham kuchli jamoaga qarshi imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Men kecha aytgandim: ilk o‘yinni g‘alaba bilan boshlash juda zarur deb. Ammo bugun buning aksi bo‘ldi. Boshidan xato bo‘ldi va bunday bo‘lishini hech kim kutmagandi. Vazifamiz mag‘lubiyatdan tegishli xulosa chiqargan holda keyingi bellashuvlarga hozirlik ko‘rish.
- Quvondiq Ro‘ziyev bilan Ikrom Aliboyevni Sanjar Shoahmedov bilan Doston Hamdamovga almashtirilishini xato deb hisoblaysizmi?
- Biz nima uchun almashtirishlarni amalga orshirdik? Chunki Quvondiq Ro‘ziyev toliqib qolgandi. Ikrom Aliboyev haqida ham shunday desa bo‘ladi. Yana shuni aytishim kerak, bu mag‘lubiyatdan ko‘p ham fojea yasash kerak emas. Bitta g‘alaba hammasini yuvib ketadi. Shu bois hammani sabrli bo‘lishga chaqiraman. Saralash bahslari yakuniga yetguncha kutishimiz kerak, shundan so‘nggina natija ko‘zga tashlanadi.
- Terma jamoamiz ko‘rsatgan o‘yin siz uchun uyatli emasmi?
- Men buni uyatli demagan bo‘lardim. Chunki maydonga tushgan futbolchilar baribir o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishdi. O‘yinimiz qanchalik uyatli yoki yaxshiligini saralash bosqichining oxirida egallagan o‘rnimizga qarab ko‘ramiz.
Manba : championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi