Bugun bo‘lib o‘tgan Falastin - O‘zbekiston bahsidan so‘ng matbuot anjumani tashkil etildi.
Afsuski, O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralash bosqichini 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Falastin bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali ko‘z yoshlarini tutib tura olmay yig‘lab yubordi. Uning fikrlari quyidagicha bo‘ldi:
- Men qo‘lga kirtilgan muhim g‘alaba bilan butun Falastin xalqini tabriklayman. Bu g‘alaba xalqniki, aziz muxlislarniki (Shundan so‘ng yig‘lab yubordi, zalda qarsaklar). Biz g‘alaba uchun bor kuchimizni berib harakat qildik, chunki yutishni juda-juda xohlagandik. Hamma futbolchilar bir maqsad yo‘lida harakat qilishdi. Bugun hamma o‘zini zo‘r ko‘rsatdi.
- Jamoamiz g‘alaba qozonishiga qanchalik ishongandingiz?
- Men murabbiy sifatida doim ijobiy natijadan umid qilishim kerak. O‘yindan oldin bizni qo‘llab turganlar ham, tanqid qilganlar ham bo‘ldi. Men Jazoirdan kelib ishlayotgan murabbiyman va xorijlik murabbiy sifatida natija ko‘rsatishga harakat qilaman. Agar keyingi uchrashuvlarni ham yaxshi yakunlasak, bundan hammamiz xursand bo‘lamiz. Biz har bir raqibni hurmat qilgan holda o‘ynaymiz.
- O‘zbekiston - kuchli jamoa, lekin bugun Falastinning omadi keldi. Keyingi o‘yinlarda yanada yaxshirog‘iga umid qilsak bo‘ladimi?
- Eng muhimi, futbolda aslo to‘xtab qolish kerak emas. Bitta g‘alabadan keyin umuman havolanib ketmaslik lozim. Hali oldinda o‘yinlar ko‘p va har bir bahsga nihoyatda jiddiy qarash lozim.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi