
"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda Lyubinko Drulovich shogirdlari 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bobir Abduxoliqov xet-trikka erishgan bo‘lsa, Jasur Yaxshiboyev bir bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bunga esa mehmonlar safida Mehdi Goyedi bir bor javob qaytara oldi xolos.
Eslatib o‘tamiz, bundan uch kun oldin Olmaliqda bo‘lib o‘tgan dastlabki qarama-qarshilikda ham hamyurtlarimiz zafar quchgan (1:0) edilar. E’tiborlisi, o‘sha bahsda ham Jasur Yaxshiboyev raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan edi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston OTJ - Eron OTJ 4:1
Gollar: Bobir Abdixoliqov (18, 36, 69), Jasur Yaxshiboyev (53) - Mexdi Goyedi (50).
O‘zbekiston U23: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Islom Qobilov, Ilhom Alijonov, Dilshod Saitov, Abdulla Abdullayev, Abror Ismoilov, Bobir Abdixoliqov, Nurillo To‘xtasinov, Jasur Yaxshiboyev, Mirjahon Mirahmadov.
Zaxira: Nizom Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Sherzod Nasrullayev, Shahboz Jo‘rabekov, Oybek Rustamov, Islom Kenjaboyev, Islom Rashidxonov, Bobur Asqarov, Asad Sobirjonov, Sanjar Qodirqulov, Aziz Amonov.
O‘zbekiston OlimpiyaPaxtakor StadionEron U23Bobir AbdixoliqovJasur YaxshiboyevG‘alaba Hisobi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar