15:04 / 10.09.2019
3 421

Iroq bilan o‘yinda Shomurodov, Krimets va Masharipov jarohat oldi. Ularning holati qanday?

Iroq bilan o‘yinda Shomurodov, Krimets va Masharipov jarohat oldi. Ularning holati qanday?
Kecha Iordaniyaning Amman shahrda O‘zbekiston - Iroq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda 0:0 hisobi qayd etilganidan xabaringiz bor. Mazkur bahsda Yegor Krimets, Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov turli darajadagi jarohatlar olishdi.

Terma jamoamiz shifokori Abror Pirriyev ularning har biri haqida saytimizga ma’lumot berdi.
"Yegor Krimetsning chap ko‘zinig pastki qismi chuqur yorilgan. O‘yin vaqtida uni tez yordam mashinasi Ammandagi shifoxonaga olib ketdi. Ushbu jarohat 4 ta chok yordamida tikildi. Krimets o‘z klubi safida bemalol mashg‘ulotlarda ishtirok etaveradi va taxminan 10 kunlada choklar olib tashlanadi.

Eldor Shomurodov esa tizzasidan yengil jarohat olgan. Jaloliddin Masharipovning tovon boldirining bo‘g‘ini shikastlangan.
Shomurodov ham, Masharipov ham davolanishni o‘z klubida davom ettiradi. Aytganimdek jarohatlar og‘ir emas, futbolchilar o‘z klubidgi navbatdagi o‘yinda maydonga tushishlariga to‘sqinlik qilmaydi", - deydi Abror Pirriyev.
Tolibjon Qosimov, Amman shahridan

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iroq bilan o‘yinda Shomurodov, Krimets va Masharipov jarohat oldi. Ularning holati qanday?