
O‘zbekiston va BAA o‘smirlari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng (1:1) Azamat Abduraimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Saralash bosqichida yutqazib qo‘ygandan ko‘ra o‘rtoqlik o‘yinida mana shunday yomon o‘ynaganimiz yaxshi. Bugungi bahsda asosiy tarkib futbolchilar o‘ynashdi, ammo endi qaysi tarkib asosiy ekanligini bilmay qoldik. Osiyo chempionati saralashida o‘ynaydigan yakuniy tarkibimizni musobaqadan oldin e’lon qilamiz.
Bugungi bahs bizga o‘ziga xos tarsaki bo‘ldi. Bizda imkoniyatlar bo‘ldi, ammo qanotlarni o‘zgartirishda qiyinchilikka duch keldik.
Nima uchun bir taym tribunada, ikkinchi taym zaxira o‘rindig‘ida o‘tiraman? Men doim shunday ishlayman, sababi yuqoridan o‘yin borishini ko‘rish osonroq. Ikkinchi taymda futbolchilarning kamchiliklarini aytaman va zaxiradan o‘yinni kuzataman", - deydi Azamat Abduraimov.
Manba: Championat.asia
O‘zbekistonBAAAzamat AbduraimovO‘rtoqlik UchrashuviSaralash BosqichiOsiyo Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar