Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
-91 kg vazn toifasida ikkinchi raqam ostida saralangan Sanjar Tursunov musobaqadagi ilk jangini braziliyalik Abner Teysheyraga qarshi o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishdi - 5:0.
Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari bugungi kungi bahslardan yo‘qotishlarsiz o‘tib olishdi.
Bungacha -57 kg vazn toifasidagi Mirazizbek Mirzaxalilov hamda -81 kg vazn toifasida Dilshod Ro‘zmetov o‘z raqiblarini mag‘lub etib, turnirning nimchorak finaliga yo‘llanma olgandi.
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Duglas de Andrade (Braziliya) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Pita Kabeji Peter (Kongo) 5:0
-91 kg: Sanjar Tursunov – Abner Teysheyra (Braziliya) 5:0.
14 sentyabr kuni -52 kg vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov hamda -75 kg vazn toifasida Fanat Qahramonov 1/16 finalda o‘z janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, nimchorak finalga chiqqandi. O‘zbekiston boks terma jamoasi hozircha faqat bir yo‘qotishga uchradi, kechagi janglarda 63 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov amerikalik Devis Keyshovnga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi