Bugun, 23 sentyabr kuni Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Yil boshidan buyon «Bunyodkor» jamoasini boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis qisqa vaqt ichida «qaldirg‘ochlar» bilan e’tiborga molik natijalarga erishdi.
«Superliganing 20-turidan keyin jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turishi, O‘zbekiston Kubogi bahslarida yarim finalga qadar yetib kelishi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Vaholanki, jamoaning bugungi kundagi tarkibidan asosan akademiya tarbiyalanuvchilari joy olgan», deb xabar berdi «Bunyodkor» klubi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Vadim Abramov shartnomaga ko‘ra, yil oxiriga qadar «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritadi. Ya’ni, bir vaqtning o‘zida ham milliy terma jamoa ham «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi. Yil yakunida natijalarga qarab, klubdagi faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi