19:07 / 25.09.2019
2 950

O‘zbekiston Janubiy Koreyada 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston Janubiy Koreyada 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Bilasiz, kelasi yilning yanvar oyida Tailandda U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

Olimpiyachilarimiz har oy yig‘in tashkil etib, xalqaro musobaqa yoki o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda. Sentyabr oyida yurtimizda Eron olimpiya terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.

Oktyabrda ham Lyubinko Drulovich shogirdlari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishadi. Terma jamoamiz oktyabrda Seulda yig‘in o‘tkazadi va mazkur yig‘in doirasida Janubiy koreyalik tengqurlariga qarshi 2 ta o‘yin o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Dastlabki bahs 11 oktyabr kuni 35 ming o‘ringa mo‘ljallangan “Hwaseong Sports Complex” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 16:00da boshlanadi.

Janubiy Koreya U23 – O‘zbekiston U23 o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini esa 14 oktyabr kuni 26 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diruvchi “Cheonan Stadium”da tashkil etiladi. Mazkur bahs ham bizning vaqtimiz bilan soat 16:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Janubiy Koreyada 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi