
26 sentyabr kuni "Paxtakor" O‘zbekiston Kubogi finaliga yo‘llanma olish uchun "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi.
Jamoalar O‘zbekiston Kubogida jami 16 marta to‘qnash kelishgan. Ularning 6tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 tadan bahsda durang va raqib g‘alabasi kuzatilgan. "Sherlar" 25 to‘p kiritgan holda darvozasidan 18 gol olib chiqqan.
Kubok pley-off bosqichlarida 7 to‘qnashuvning 4 tasida "Paxtakor", 3 tasida "Nasaf" navbatdagi bosqichga yo‘l olgan. Yana ikki bahs final o‘yinida kuzatilib, ularning ikkalasida ham "Paxtakor" 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. 2004 va 2011 yillari "Paxtakor" O‘zbekiston Kubogiga qarshiliklarni mag‘lub etish orqali ega chiqqan.
"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahs 26 sentyabr, payshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar