14:11 / 26.09.2019
4 503

U-23 terma jamoamiz Osiyo chempionati "o‘lim guruhi"dan joy oldi

U-23 terma jamoamiz Osiyo chempionati "o‘lim guruhi"dan joy oldi
2020 yil 8-26 yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkokda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan bugun mazkur musobaqaga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

16 jamoa to‘rttadan 4 guruhga bo‘linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oladi. Bilasiz, navbatdagi Olimpiada o‘yinlari 2020 yil Tokioda tashkil etiladi. Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqasi uchun Osiyoga mezbon Yaponiyadan tashqari yana uchta o‘rin ajratilgan. Agar Yaponiya olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib borsa, unda to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘ladi.

"A" guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn.
"B" guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya.
"C" guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Eron.
"D" guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 terma jamoamiz Osiyo chempionati "o‘lim guruhi"dan joy oldi