
Bir oydan ortiq vaqt davomida jarohatini davolagan Lionel Messi safga qaytganidan keyin «Barselona» safida boshlang‘ich tarkibda tushgan ilk o‘yinidayoq yangi jarohat orttirib olgan.
U 24 sentyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi kechgan o‘yinning (2:1) birinchi bo‘limida jarohat olgan. Bu ma’lumot «Barselona» matbuot xizmati tomonidan rasman tasdiqlandi.
Argentinalik futbolchi chap oyog‘idagi bo‘g‘imlarni shikastlab olgan va endi yana tiklanish jarayonini o‘tashi kerak bo‘ladi. U navbatdagi turda «Xetafe»ga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
23 sentyabr kuni Lionel Messi FIFAning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritgandi, keyingi o‘yinda u «Vilyarreal»ga qarshi 45 daqiqa davomida harakat qildi. Bu o‘yin uning safga qaytishidan keyin boshlang‘ich tarkibdagi ilk o‘yini bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar