"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga 7-turining "Real"ga qarshi bahsida Serxio Ramos yon hakamni haqorat qildi, deb hisobladi. Ushbu vaziyat uchrashuvning birinchi bo‘limida sodir bo‘lgan edi. Unda Ramos yon hakamga nimalardir degandi.
Diyego Simeone zudlik bilan vaziyat tomon yugurib bordi va baqirgan holatda yon hakamga: "Qanday qilib bunga qo‘yib beryapsan? U seni haqorat qildi", - deb aytgan.
Murabbiy ushbu vaziyat uchun Serxio Ramosni jazolash kerakligini aytdi. Simeonening so‘zlariga ko‘ra, Ramos hakamning onasini haqorat qilgan.
"O‘yinda nima bo‘lgan bo‘lsa, barchasi maydonning o‘zida qoladi. Yordamchi hakam Ramos nima deganini o‘zi biladi," - dedi Simeone.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvni Xose Luis Gonsales boshqarib borgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi