2 321
Vadim Abramov: Balki terma jamoaga murabbiy bo‘lganim "Bunyodkor"ning o‘yinlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgandir
O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Buxoro" (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Raqibni mensimadik deya olmayman, shunchaki, «Buxoro» kutganimizdek himoyaviy o‘yin namoyish qildi, deyarli barcha futbolchilar orqa chiziqda o‘ynadi. Biz to‘p nazoratini to‘liq o‘z qo‘limizda ushlab turgan bo‘lsakda, hech bir o‘yinchimiz yetakchilikni o‘z qo‘liga olishni istamadi. Qolaversa, jamoa yetakchilari ham o‘z imkoniyati darajasida to‘p surgani yo‘q. So‘nggi o‘yinlarda individual xatolar sababli o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqyapmiz.
Jamoamizda qandaydir «spad» bo‘lyapti. Saralash o‘yinlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin futbolchilarimiz o‘ziga o‘xshamayapti. O‘ylaymanki, terma jamoa tufayli bo‘ladigan navbatdagi tanaffus bizning foydamizga xizmat qiladi. Balki meni terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lganim futbolchilarga ruhiy ta’sir qilayotgandir, yana bilmadim. Chunki bugun ham yigitlarda qandaydir ishonch sezmadim, futbolchilar tavakkal qilishni istamadi", - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi