Boks: Rossiyalik jahon chempionlari “Toyota Camry”ga ega bo‘lishdi

Rossiya boks federatsiyasi tomonidan sentyabr oyida Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.
Jahon chempionatining oltin medallarini qo‘lga kiritgan, Andrey Zamkavoy, Gleb Bakshi va Muslim Gadjimagomedov 5 million rubl hamda “Toyota Camry” kalitlariga ega bo‘lishdi. Ularning shaxsiy murabbiylariga 1 million rubl miqdorida mukofotlar topshirildi.
Uchinchi o‘rinni egallagan Maksim Babanin 1 million rubl, murabbiyi esa 250 ming rubl oldi.
Jahon chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan Viktor Farxutdinov 3 million rubl uchun sertifikatga ega bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing