23:33 / 06.10.2019
3 568

“Alpomish”da besh qit’aning alplari

“Alpomish”da besh qit’aning alplari
Yurtimizda o‘tkazilayotgan xalqaro sport musobaqalari katta xalq shodiyonasiga aylanayotganligi keyingi paytda an’anaga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha al Hakim at Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi ham shunday bo‘ldi. Musobaqa tom ma’noda mamlakatimizga, ming-minglab kurashsevarlarga hayajonli bellashuvlar shodligini, betakror kurash usullari zavqini olib kelish bilan birga, milliy sportimizning xalqaro maydondagi rivojini yangi bosqichga olib chiqdi.

Faxriy polvonlarimizning ota-bobolarimizga xos tarzda keng quloch yozib davra aylanganlari, kurashning qadimiy an’analarini ko‘z-ko‘z etuvchi chiroyli usullarni namoyish etishi, kurashimizning ikkinchi qanoti bo‘lgan belbog‘li kurashchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, dumbira, chanqovuz va milliy san’atimiz guldastalarining o‘ziga xos betakror jozibasi ko‘ngillarga olam-olam taaassurotlar “Alpomish” stadioniga yig‘ilgan ming-minglab ishqibozlarga zavq bag‘ishladi.

Xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komiljon Yusupov musobaqa ishtirokchilariga omad tilab, stadionga yig‘ilgan ishqibozlarga chiroyli kurash usullarini tamosha qilib, madaniy xordiq chiqaprishlarini tilashdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, “Uch yarim ming yillik tarixga ega bo‘lgan kurashimiz xalolligi, adolat tamoyillariga asoslangani uchun ham dunyoda keng rivojlanmoqda. Ayniqsa, milliy kurashimizning Osiyo o‘yinlariga kiritilganligi xalqimizning sport dunyosidagi o‘lkan yutug‘i bo‘ldi. 2015 yilgacha dunyoda O‘zbek kurashi bilan shug‘ullanganlar olti yuz ming atrofida edi. Bugunga kelib, jahonda 15 milliondan ziyod sportchi kurashimiz bilan shug‘ullanayotganligini alohida e’tirof etmoq lozim”, deya ta’kidladilar.

Haqiqatan, milliy sportimizga davlatimizning alohida e’tibori hamda xalqaro sport maydonida uning rivoji tizimli olib borilishi natijasida O‘zbek kurashi jahon sport olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Alpomish”da besh qit’aning alplari