Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 700-golini urdi

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 700-golini urdi
"Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi navbatdagi ulkan natijani qayd etdi.

Aniqrog‘i, 34 yoshli futbolchi kecha Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Lyuksenburgga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. E’tiborlisi, bu uning professional faoliyatidagi 700-gol bo‘lib tarixga kirdi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu gollarining 5 tasini "Sporting" safida, 118 tasini "Manchester Yunayted"da, 451 tasini "Real"da, 32tasini "Yuventus"da va 94 tasini Portugaliya terma jamoasida kiritgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar