
Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov Luis Kollazoni mag‘lubiyatga uchratgandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men IBF kamari uchun birinchi raqamli da’vogarman. Keyingi jangimni chempionlik uchun o‘tkazishni istardim.
Errol Spensga qarshi jang qilishni istayman. Ammo, afsuski u avtofalokatga uchradi. Unga sog‘liq tilayman. Agar u tayyor bo‘lsa men u bilan jang qilgan bo‘lardim. Agar kamarlarni vakant qoldiradigan bo‘lsa, men keyingi da’vogarga qarshi jang qilaman", - dedi Qudratillo BoxingScene'ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov bugun tunda (00:50da) O‘zbekistonga qaytib keladi.
Manba: olamsport.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar