23:29 / 26.10.2019
2 600

Shota Arveladze: Ishonch uchun Bobur Shodiyevga rahmat aytaman

Shota Arveladze: Ishonch uchun Bobur Shodiyevga rahmat aytaman
"Paxtakor" va AGMK (3:0) jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi final o‘yinidan so‘ng "sherlar" ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Tashkiliy ishlar uchun minnatdorchilik bildiraman. G‘alaba bilan klubdagi barchani tabriklayman. Ularning ishini maydonda ko‘rmaymiz, ammo katta hajmda mehnat qilishadi. Keyin esa yigitlarni olqishlayman. Ular chempionat va kubokda mag‘lubiyatsiz g‘olib bo‘lishdi. Biz mavsumda 102 gol urishga erishdik. Hujumkor futbol namoyish qildik. Jarohat olgan futbolchilarimiz ham bir jamoaga aylanishimizga hissa qo‘shishdi. Raqibga o‘yin uchun rahmat deyman. Ular bosim uyushtirib, hujumga o‘tishga intilishdi.

Klub prezidenti Bobur Shodiyevga rahmat aytishni istardim. O‘tgan yilgi mag‘lubiyatga qaramay, u klubning rivojlanish yo‘lida ishlashda davom etdi. Bizga barcha sharoitlar yaratib berildi. Biz o‘sishdan to‘xtamadik.

Yaxshi maydon, stadion, baza - bular bizning boyligimiz. Barcha joyda yuqori darajada sharoitlar muhayyo etilishi lozim. Bugun ko‘proq muxlis kutgandim, ammo ularning soni kutilganchalik bo‘lmadi.

Bu yil ahilroq ekanimiz juda muhim bo‘ldi. Rahbariyat ishonchini ham aytib o‘taman. Bular katta yordam berdi. Klubda barchasi a’lo bo‘lishi kerak. Uzoq vaqtdan keyin ham. Rivojlanish barcha darajada bo‘lishi shart. Klub, futbol, media va boshqa masalalar.

Finalga 8 ming muxlis keldi. Men hamyurtlarimni chaqirsam bo‘lar ekan. Hech bo‘lmaganda 3 ming gruzin kelar edi", - dedi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: Ishonch uchun Bobur Shodiyevga rahmat aytaman