"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Surxon" bilan bahsdan keyin matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ko‘plab hujumlar uyushtirdik va yana 2-3ta yaqqol golli imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Raqibning imkon qadar jiddiy qarshilik ko‘rsatganini ayta olaman. Ular oxirigacha taslim bo‘lishmadi. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilishdi.
Jamoadagi har bir futbolchining mehnatini aytib o‘tgan bo‘lardim. Kimdir gol uradi, kimdir uzatma beradi. Kimdir to‘pni olib qo‘yadi. Masalan, Cheran 30dan ortiq gollarga mualliflik qildi. Masharipov esa golli uzatmalar berishda dahshatli ko‘rsatkich qayd etmoqda. Jamoaning mehnati eng ta’kidlab o‘tsa bo‘ladigan jihatdir.
Jamoani kuchaytirish va yanada raqobatbardosh holatga keltirish ustida izlanamiz. Qaysi chiziqlarni kuchaytirishimiz kerakligi borasida tasavvurga egamiz.
Sergeyev men kelgan birinchi yilda ham to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatgandi. U qanday gol urishni yaxshi biladi. Qiyinchilikka duch kelgan paytda klub, jamoa va muxlislar uni qo‘llab-quvvatlashdi. Harakatchan, mehnatkash, ishtiyoqi bor insonlarni qo‘llash kerak, - dedi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi