00:30 / 03.11.2019
2 453

Niko Kovach 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Niko Kovach 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Amaldagi chempion - "Bavariya" bu tur "Ayntraxt" mehmoni bo‘ldi va 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Myunxenliklar bellashuvning 9-daqiqasidan maydonda 10 kishi bo‘lib qolganligini qayd etish joiz. Himoyachi Jerom Boateng uchrashuv avvalida qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach yirik hisobdagi mag‘lubiyatga izoh berdi.

"Biz o‘yinga yaxshi kirishib oldik. Ammo oradan 8 daqiqa o‘tib barcha rejalaramiz chippakka chiqdi. 80 daqiqa davomida 10 kishi bo‘lib harakat qilish qiyin, ayniqsa, Frankfurtda.
Uchrashuv biz istagan tarzda kechmadi. Hattoki 10 kishi qolganda ham 1:5 hisobida mag‘lubiyatga uchramaslik lozim", - dedi Kovach.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Niko Kovach 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?