“Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simone La Liga 12-turi doirasida “Sevilya”ga (1:1) qarshi bellashuvdan keyin o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Yaxshi o‘yin guvohi bo‘ldik. “Sevilya” doim kurashchan jamoa sifatida gavdalanib kelgan. Ularda tarkib har doim yaxshi bo‘lgan va ular har qanday daqiqada o‘yinda o‘zgarish qila olishga qodir.
Birinchi taymda ikkala tomon ham o‘ylagan rejalarini amalga oshira olishmadi. Hech kim tashabbusni o‘zida saqlab tura olmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa biz hujumdagi uch nafar futbolchi bilan raqib markaziy himoyachilariga pressing uyushtirishga harakat qildik. Ular bunday rejaga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Shunga qaramay Korrea va Aras raqibga jiddiy xavf tug‘dirib, o‘yinda g‘alabamizni ta’minlashlari ham mumkin edi.
Qachondir, kimdir maydonda Diyego Kosta singari maydonda borini berib harakat qilsa, men bundan keyin ham shunday futbolchilarga ishonishda davom etaman. Ayni paytda Diyego ajoyib jismoniy holatda. U mashg‘ulotlarda ham o‘zini har tomonlama ijobiy jihatlarini ko‘rsatmoqda, garchi o‘yinda gol urolmasa ham. Men bu kabi futbolchilar uchun jonimni ham berishga tayyorman”, deydi Simone. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?