“Real” futbolchisi CHLda Messiga yetib oldi

“Real” futbolchisi CHLda Messiga yetib oldi
Real” forvardi Karim Benzema UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur “Galatasaroy”ga qarshi oʻyinda raqib darvozasini ikki marotaba ishgʻol qildi.

Shunday qilib, fransiyalik hujumchi ushbu turnirda 15 mavsumdan buyon ketma-ket gol urayotgan futbolchilar qatoriga kirdi. U bu ishni “Lion” va “Real” klublaridagi faoliyati davomida qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, bunday natijaga oldinroq faqat “Barselona” forvardi Lionel Messi egalik qilar edi. U Benzemadan farqli, ushbu ishni bitta klub safida uddalagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar