Joriy yilning 4 centyabrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari mahoratli sportchilarni tayyorlash, iqtidorli yoshlarni topish uchun kuchli seleksiya tizimini yaratish borasida aniq ko‘rsatmalar bergan edi.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizdagi jismoniy tarbiya va sport tizimidagi tashkilotlarda, sport federasiyalarda bu borada zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston kurash federatsiyasi ijroqo‘m a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham bu boradagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Unga ko‘ra kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, dzyudo bo‘yicha uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Rishod Sobirov kurash federatsiyasi raisining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xuddi shuningdek, tajribali mutaxassis, qator xorijiy mamlakatlarda kurash targ‘iboti bilan shug‘ullangan, Tailand, Qatar, Vetnam, Indoneziya va Turkmaniston davlatlarida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalarining tashkiliy ishlarida bevosita ishtirok etgan, o‘nlab jahon chempionlarining ustozi, xalqaro toifadagi hakam Olim Hayitov federasiyaning Ilmiy kengashiga rais etib saylandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?