
Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan JCH-2022 saralashi doirasida juda muhim oʻyinni oʻtkazadi.
Guruhda birinchi va ikkinchi oʻrinda borayotgan jamoalar oʻrtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi. Mazkur bahs soat 17:00da boshlanadi. Oʻyinni Ryuji Sato boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari shu kunga qadar oʻzaro 10-marta oʻyin oʻtkazishgan. 4-marta vakillarimiz gʻalaba qozonishgan, beshta uchrashuvda raqiblar ustun kelishgan va bitta bahsda durang qayd etilgan.
JCH-2022 saralashi
14-noyabr (payshanba)
Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Xiroshi Yamauchi (Yaponiya), Jun Mixara (Yaponiya)
Zaxira hakami: Yudai Yamamoto (Yaponiya)
Nazoratchi: Omar Musa Halaf Abu Lum (Iordaniya)
Komissar: Mohd Sayfiddin Abu Bakar (Malayziya).
OʻzbekistonSaudiya ArabistoniJCH-2022Paxtakor stadionRyuji SatoHakamlari brigadasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar